1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llanilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bilan bog‘liq holatlar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llanilmoqda

 

Muhokamalarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tadbirkorlar manfaatlarini ifoda etmayotgani, xususan, mol-mulk solig‘i bo‘yicha kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llanmayotganligi bo‘yicha fikrlar bildirilgan.

 

Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan boshlab hududiy Kengashlarga yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha 1 kvadrat metr uchun belgilangan eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffitsiyentni qo‘llash vakolati berildi.

 

Ushbu masalar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlariga kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni yana-da kengroq qo‘llash yuzasidan yuborilgan tavsiyalar natijasida, ko‘plab viloyatlarda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalar bo‘yicha kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llash to‘g‘risida qarorlar qabul qilinmoqda.

 

Mazkur vakolat doirasida xalq deputatlari, xususan Andijon (7), Buxoro (11), Jizzax (10), Qashqadaryo (12), Navoiy (6), Namangan (11), Sirdaryo (7), Surxondaryo (13), Farg‘ona (15) viloyatlari hamda Kengashlari tomonidan jami 92 ta tumanda yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha eng kam qiymatga 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llash masalasi muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilingan.

 

Ayni vaqtda bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

 

Adliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика