Turinning “Yuventus” klubi beshta muhim futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub bir yoki bir nechta futbolchini sotishga muvaffaq bo‘lsagina tarkibni kuchaytirish variantini ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida himoyachilar Aleks Sandro va Xuan Kuadrado, shuningdek, yarim himoyachilar Adriyen Rabio va Ueston Makkenni bor. Shuningdek, klub argentinalik Leandro Paredesning “PSJ”dan ijarasini davom ettirmoqchi emas. Qayd etilishicha, barcha futbolchilarning birdaniga ketishi dargumon, ammo “Yuventus” futbolchilar bilan xayrlashish imkoniyatlarini izlamoqda.


