1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zangiotalik fuqaro 91,5 mln so‘mlik “Remdesivir” dori vositasini 12 ming dollarga sotishga urindi

Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent shahrining Yashnobod tumanlarida pandemiya sharoitida talab yuqori bo‘lgan dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Zangiotalik fuqaro 91,5 mln so‘mlik “Remdesivir” dori vositasini 12 ming dollarga sotishga urindi

 

 

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida X.B. ismli fuqaro pandemiya sharoitida talab yuqori bo‘lgan dori vositalarini qimmat narxlarda sotib, daromad orttirmoqchi bo‘lgani aniqlandi. U xorijda ishlab chiqarilgan 218 quti «Remdesivir-Rameda 100 mg Vial 20 ml» nomli dori vositasining har bir qutisini 600 ming so‘mdan hisoblab, jami 12 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 218 quti dori vositasining umumiy bahosi 91,5 million so‘mni tashkil etgan.

 

Shuningdek, Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda uch nafar fuqaro oldindan til biriktirib, dori vositalarini dorixona va uning filiallaridan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirmoqchi bo‘lgani aniqlangan. Ular 63 quti “Kleksan” nomli dori vositasini har birini 900 ming so‘mdan baholab, jami 57,6 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика