1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Zararli organizmlar kirib kelish xavfi mavjud”

“Yallama” postidan mandarinlar nega kiritilmayotganiga izoh berildi.

“Zararli organizmlar kirib kelish xavfi mavjud”

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yallama” oʻsimliklar karantini chegara maskani orqali Xitoydan import boʻlgan mahsulotlarni kiritishga karantin xizmati ruxsat bermayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

O'rganish natijalarida aniqlanishicha, Xitoydan import qilingan mandarin mahsuloti xalqaro normalarga muvofiq yuklanmagan.

 

Qayd etilishicha, Xitoy tomonidan beriladigan fitosanitar sertifikatlarni rasmiylashtirishda bir qator talablar joriy etilgan. Bunda fitosanitar sertifikatda ta'minotchi bogʻning roʻyxatdan oʻtgan raqamini koʻrsatish, qadoqlash korxonaning roʻyxatdan oʻtgan raqamini koʻrsatish hamda xalqaro ISPM 12 standartiga muvofiq mahsulotning markirovka raqamini koʻrsatish talab etiladi.

 

Biroq “Yallama” OʻKChMdagi mandarin mahsulotining asosiy qismi markirovka qilinmagan. Ya'ni mahsulotning fitosanitar xavfsizligi ta'minlamagan boʻlib, xavfsizligi kafolatlanmagan mahsulot orqali respublika hududiga karantin ostidagi zararli organizmlar kirib kelish xavfi mavjud.

 

Fitosanitar sertifikatlarning haqqoniyligi Xitoyning “E-Cert” elektron tizimi orqali tekshiriladi. Sababi Xitoydan import qilingan mandarin uchun rasmiylashtirilgan 4985 fitosanitar sertifikatdan 2929 tasi qalbaki ekanligi ma'lum bo'lgan.

 

Fitosanitar nazorat jarayonlarining shaffofligi va tezlashtirilishini ta'minlash maqsadida fitosanitar sertifikatlarning haqqoniyligini tekshirish uchun maxsus guruh shakllantirilgan bo'lib, 24/7 rejimida fitosanitar sertifikatlar Xitoy davlati bilan integratsiya qilingan tizim orqali tekshirib beriladi.

 

“Agentlik mandarin importi bilan shugʻullanuvchi barcha tadbirkorlik subektlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan mahsulotlarning xavfsiz va shaffof tarzda import qilish uchun mazkur talablarga qat'iy rioya etishga chaqiradi”, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика