1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yanada rivojlantiriladi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yanada rivojlantiriladi

Unga ko‘ra, 2024–2026 yillarda Buxoro va Namangan viloyatlarida bittadan hamda Toshkent shahrida ikkita zargarlik markazlari tashkil etiladi.

 

Zargarlik markazlarida tadbirkorlik subyektlari uchun zarur infratuzilma yaratiladi.

 

2025 yil yakunigacha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning yillik ishlab chiqarish hajmlari 1 milliard AQSH dollariga va eksport ko‘rsatkichi 100 million AQSH dollariga yetkaziladi.

 

2025 yil 1 yanvargacha zargarlik markazlarini tashkil etish uchun davlat ko‘chmas mulk obyektlarini yaxlit mulk sifatida yoki lotlar (qismlar va xonalar)ga bo‘lgan holda tadbirkorlik subyektlari va tijorat banklariga uzoq muddatli ijaraga yoki mulk huquqi asosida, qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlarida realizatsiya qilish choralari ko‘riladi.

 

Farmonga muvofiq tashkil etiladigan zargarlik markazlaridagi ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni kechiktirib to‘lash sharti bilan sotishda 90 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga foiz hisoblanmaydi. 91-kundan boshlab 180-kungacha amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga – yillik 3 foiz miqdorida foiz hisoblanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика