1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston delegatsiyasi Parijda nufuzli tashkilot sessiyasida ishtirok etdi

Unda O‘zbekiston hukumati va Butunjahon hayvonlar salomatligi tashkiloti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Parijda nufuzli tashkilot sessiyasida ishtirok etdi

 

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Bahroh Norqobilov o‘z  chiqishida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari boshchiligida veterinariya xizmati va uning taraqqiyotiga katta e’tibor qaratilayotgani, jumladan, epizootik osoyishtalik, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholiga sifatli veterinariya xizmati ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar xususida ma’lumot berdi.  

 

O‘zbekiston hukumati va Butunjahon hayvonlar salomatligi tashkiloti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanganligi, buning natijasida veterinariya faoliyatini takomillashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. 
Shu o‘rinda, JHST Yevropa mintaqaviy komissiyasining 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan 31-konfrensiyasini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha qabul qilingan qarori e’lon qilindi. 


O‘zbekistonning mazkur yo‘nalishda amalga oshirayotgan islohotlari xalqaro miqyosda e’tirof  etilayotgani tadbir ishtirokchilari tomonidan alohida ta’kidlandi. 


JHSTning Yevropa mintaqasi direktori Budemir Klachich sessiya hayvonlar sog‘lig‘ini himoya qilish, ushbu yo‘nalishda umumiy harakatlar rejasini ishlab chiqish hamda yangi kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha aniq loyihalar yuzasidan fikr almashish imkonini berganini  qayd etdi. 


JHSTning Markaziy Osiyo mintaqasi direktori Mereke Taytubayev  O‘zbekistoning   tashkilot ishida faol  ishtirokni  e’tirof  etdi.

 


«O‘zbekiston delegatsiyasining joriy  Bosh Assambleyada ishtirok etishi katta ahamiyat kasb etadi. Dunyo hamjamiyati yana bir bor amin bo‘lmoqdaki, mamlakatingiz qisqa fursat ichida chorvachilik, veterinariya sohalarida va oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash borasida ko‘plab ijobiy natijalarga erishdi.  Aminmanki, O‘zbekistonga kiritilayotgan investitsiyalar, yangi texnologiyalar mazkur sohani yanada rivojlanishiga xizmat qiladi», —dedi Mereke Taytubayev. 


O‘zbekiston  delegatsiyasi tashrif  doirasida,  shuningdek, JHST  bosh direktori Monik Elua bilan alohida uchrashuv o‘tkazdilar. 


Muloqot chog‘ida tomonlar JHST va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari hamda veterinariya va chorvachilik soxasida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama etishdi. 


Monik Elua O‘zbekiston Hukumati tomonidan veterinar osoyishtalikni ta’minlash hamda aholining tobora o‘sib borayotgan ehtiyoji uchun yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash borasidagi samarali sa’y-harakatlarni yuksak baholadi.   


Shuningdek, tashrif davomida O‘zbekiston vakillari va Fransiya taraqqiyot agentligining qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Sandra Ruler o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. 


Suhbat davomida O‘zbekiston va  Fransiya o‘rtasidagi veterinariya va chorvachilik yo‘nalishidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish  masalalari muhokama qilindi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика