Hayot Shamsuddinovga ko‘ra, bugun, 29-aprel kuni soat 08:10 larda Uchtepa tumanida joylashgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining maʼmuriy binosini 4-qavatidan Namangan viloyatida 2001 yilda tug‘ilgan 2-kurs bosqichi talabasi (erkak) o‘zini pastga tashlab, o‘z joniga qasd qilgan.
Hozirda sodir etilgan hodisaning aniq sabablarini aniqlash, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan iz, dalil va boshqa muhim buyumlar inson taʼsiri oqibatida yo‘qolishi yoki shikast yetkazilishini oldini olish maqsadida, jinoyat protsessual qonunchiligiga rioya qilgan holda Uchtepa tuman prokuraturasi tomonidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


