Amerikaning “TIME” jurnali dunyodagi eng nufuzli kishilarning TOP—100 talik reytingida ovoz berishni o‘tkazdi. 3-may holatiga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy unda yetakchilik qilmoqda.
Saytda “Ha” yoki “yo‘q” deb ovoz berish mumkin. Zelenskiy uchun o‘quvchilarning 83 foizi “Ha” deb ovoz berdi va shunga mos ravishda 17 foizi “yo‘q” deb javob bergan. AQSH prezidenti Jo Bayden 59 foiz ovozini to‘plagan. Emmanuel Makron 52 foiz ovoz bilan uchinchi o‘rinda turibdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinga 80 foiz ishtirokchilar “yo‘q” deb javob berishgan.
Ovoz berishning yakuniy natijalari 23-may kuni e’lon qilinadi.


