Vladimir Zelenskiy 7-iyul kuni Turkiyaga keldi. Bu Ukraina prezidentining so‘nggi ikki kun ichida tashrif buyurgan to‘rtinchi davlatidir.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada u Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan g‘alla kelishuvi, NATO sammiti, Kiyev taklif qilgan tinchlik formulasi, Ukrainani tiklash va ikki davlat korxonalari o‘rtasidagi mudofaa shartnomalarini muhokama qiladi.
Maʼlumot uchun, bugun, 7-iyul kuni ertalab Zelenskiy Slovakiyada, bir kun oldin esa Bolgariya va Chexiyaga tashrif buyurgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Ukraina prezidenti NATOning Vilnyusda 11-12 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitida ishtirok etishi maʼlum bo‘ldi . Avvalroq uning maslahatchisi Igor Jovkva, agar NATO davlatlari Ukrainani alyansga taklif qilmasa, Zelenskiy sammitga bormasligini aytgan edi.


