Prezident Rajab Toyyib Erdog‘anning taklifiga ko‘ra Vladimir Zelenskiy 7-iyun kuni Turkiyaga boradi.
Tashrif doirasida u turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdog‘an bilan uchrashadi, ikki yetakchi o‘rtasidagi muzokaralar NATOning Vilnyusdagi sammiti oldidan Istanbulda bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralar chog'ida Ukrainadagi mojaro bilan bog'liq so'nggi o'zgarishlar, muddati 17-iyulda tugaydigan don yo'lagi kelishuvi muhokama qilinadi.


