1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Zelenskiy hali AQShning Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasini o‘qib chiqmagan” — Donald Tramp

Tramp Zelenskiyning taklif bilan tanishmagani uni hafsalasi pir qilganini aytdi.

“Zelenskiy hali AQShning Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasini o‘qib chiqmagan” — Donald Tramp

AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, Kiyev rahbari Vladimir Zelenskiy hali Vashington taklif qilgan tinchlik rejasini ko‘rib chiqmagan. Tramp bu holat uni biroz hafsalasi pir qilganini ta’kidladi.

 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin, shuningdek, Ukraina rahbariyati, jumladan Zelenskiy bilan muloqotda bo‘lgan. Uning aytishicha, Zelenskiy atrofidagi maslahatchilar reja bilan qisman tanishib, uni ma’qullagan, biroq Ukraina prezidenti hali hujjatni o‘qimagan.

 

“Rossiya imkon topganda butun Ukrainani egallagan bo‘lardi. Ammo, mening fikrimcha, tinchlik rejamiz Moskvani qoniqtiradi. Zelenskiy bunga rozi bo‘ladimi-yo‘qmi, amin emasman”, — dedi Tramp.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика