1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zelenskiy: Rossiya bu yil hamma narsani yutqazdi!

Ukraina prezidenti Moskva raketa zarbalari orqali o‘z mag‘lubiyatini yashirishga harakat qilayotganini aytdi.

Zelenskiy: Rossiya bu yil hamma narsani yutqazdi!

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yilning so‘nggi kunlari ukrainaliklar uchun og‘ir kelishidan ogohlantirdi.

 

"Rossiya bu yil hamma narsani yutqazdi! Ammo u bizning infratuzilmaga berilgan ommaviy raketa zarbalarini propaganda shoularda nishonlab o‘z mag‘lubiyatini xaspo‘shlamoqchi. Ular faqat shunga xursand, kasal odamlar!", — degan u tungi videomurojaatida.

 

Shuningdek, Zelenskiy Moskva yilning so‘nggi kunlarini qorong‘u va murakkab qilishga harakat qilishini aytgan. U ukrainaliklarni havo trevogalarini tinglash va amal qilishga chaqirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика