Vladimir Zelenskiy ofisi rahbari maslahatchisi Aleksey Arestovich o‘z xohishi bilan isteʼfoga chiqdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.
“Madaniy harakatga misol ko‘rsatmoqchiman: prinspial xato, demak, isteʼfoga”, — deb yozgan siyosatchi.
Katta ehtimol bilan isteʼfoga sobiq maslahatchining Dneprdagi uyga tushgan raketa bo‘yicha bayonotlari sabab bo‘lgan. Arestovich raketaning urib tushirilganini aytgan, keyinchalik bu bayonot uchun uzr so‘rab chiqdi.


