1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Zelenskiyni ham Saakashvilining taqdiri kutmoqda — Volodin

G'arb allaqachon Zelenskiyning noshukrligidan charchagan.

Zelenskiyni ham Saakashvilining taqdiri kutmoqda — Volodin

 

Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin o‘zining Telegram kanalida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Gruziyaning sobiq rahbari Mixail Saakashvilining taqdirini takrorlashini aytdi

 

"Vashington va Bryussel qoʻgʻirchoqlarining taqdiri doim bir xil tugaydi. Keyingi oʻrinda Zelenskiy turibdi", — deb yozadi siyosatchi.

 

Volodinning eslashicha, Gruziyaning sobiq prezidenti YeI va NATO tomonidan qo'llab-quvvatlangan, moliyalashtirilgan, qurol-yarog' bilan ta'minlangan. Keyinchalik G'arbga Saakashvili kerak bo'lmadi, u o'z Vatanida sudlandi, Ukraina fuqaroligini yo'qotdi va hozir prezidentlik davrida sodir etgan jinoyatlari uchun jazoni o'tamoqda.

 

Uning fikricha, bugun Gruziyaning sobiq prezidenti chetlangan odamga aylandi, Zelenskiyni ham xuddi shunday qismat kutmoqda, chunki G‘arbda hamma uning noshukrligidan allaqachon charchagan, bu Britaniya va Polshada rasman e’lon qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика