Ukraina mojarosi ukrainaliklar istagandek tugamasligi mumkin. Bu haqda Vladimir Zelenskiy ofisi sobiq maslahatchisi Aleksey Arestovich maʼlum qildi.
"Katta umidlar bilan turgan jamiyat Minsk-3 kabi variant olsa nima bo‘ladi? Bu bizga katta maʼnaviy zarba bo‘ladi va barchamiz hayron qolamiz", — degan u.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, g‘alaba uchun NATO standartlarida qurollangan 400 ming askar kerak. Ammo Ukrainada bunday kuch mavjud emas.
Arestovich G‘arb Koreya yarimoroli ssenariysida mamlakatning bo‘linishi tarafdori ekanini taʼkidlagan. Shu bilan birga, u bunday sharoitda Kiyev Janubiy Koreya kabi tiklanishini qayd etgan.


