Islandiyada boʻlib oʻtgan Yevropa kengashi sammitida davlat va hukumat rahbarlari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning “tinchlik formulasi” tamoyillarini qoʻllab-quvvatladilar. Bu haqda sammit deklaratsiyasida aytiladi. Hujjatni 46 davlat rahbarlari imzoladi.
“Mas'uliyatni bo'ynimizga olmay turib, tinchlikka erisholmaymiz. Biz prezident Zelenskiy tomonidan Tinchlik formulasida belgilab berilgan adolatli va mustahkam tinchlik tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deyiladi hujjatda.
Zelenskiy Yevropa Kengashi davlatlarining qarorini olqishladi.
"Halol tinchlik rejasi uchun Yevropaning shunday birlashgani juda muhim. Buning uchun Yevropamizning barcha rahbarlariga va Yevropa Kengashiga a'zo har bir davlatga minnatdorchilik bildiraman", — dedi u kechki nutqida.


