1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zimbabveda yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus yonib ketdi

Zimbabve davlatining sharqida yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan avtobusning benzovoz bilan to‘qnashuvi ko‘plab qurbonlarga olib keldi.

Zimbabveda yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus yonib ketdi

 

Bu haqda “Korrespondent.uz” xabar berdi.

 

Xabarlarga ko‘ra, Xararedan Mutare tomon harakatlanayotgan Beta kompaniyasiga tegishli bo‘lgan avtobus qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, benzovoz bilan to‘qnashib ketgan. Faqatgina yetti kishining joni saqlab qolingan.

 

Avtobus ichida o‘nlab yo‘lovchi bo‘lgani aytilmoqda. Ularning barchasi avtobusning yonib ketishi natijasida halok bo‘lgan. Taʼkidlanishicha, qurbonlarni shaxsini aniqlash uchun sud-tibbiyot ekspertizasi talab etilishi mumkin, chunki ayrim yo‘lovchilar tanib bo‘lmas darajada yonib ketgan.

 

Avvalroq Uchtepa tumanida avtobus yonib ketgani va Madagaskarda kema cho‘kib ketgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика