1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Zoir Mirzayev ogohlantirish, Chirchiq hokimi “hayfsan” oldi

Yig‘ilishda endi butunlay boshqacha tizim bo‘lishi — strategik korxonalar Strategik islohotlar agentligiga o‘tkazilishi belgilandi.

Zoir Mirzayev ogohlantirish, Chirchiq hokimi “hayfsan” oldi

 

Yig‘ilishda prezident respublikaning qolgan hududlarida ham ahvol yomonligini ham tanqid qildi.

 

Ayniqsa, Zangiota, Toshkent, Buloqboshi, Xo‘jaobod, Uchqo‘rg‘on, Koson, Karmana, Qamashi, Shofirkon, Xo‘jayli, Denov, Sharof Rashidov, Pastdarg‘om, Farg‘ona, Paxtabod, Hazorasp tumanlari hamda Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Guliston, Chirchiq shaharlari hokimlari masʼuliyatni his qilmasdan, bir oy oldingi sovuq kunlardan hech qanday xulosa chiqarmagani ko‘rsatib o‘tildi.

 

Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev qatʼiy ogohlantirildi, Chirchiq shahar hokimiga “hayfsan” berildi.

 

Bugungi kunda barcha darajadagi rahbarlarning eng katta vazifasi – elektr va gaz tarmoqlarining uzluksiz ishlashini taʼminlab berish. Lekin tegishli sohalar mutasaddilari buni uddalay olmayapti.

 

Shu munosabat bilan energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev lavozimidan ozod etildi.

 

"Hududiy elektr tarmoqlari" rahbari Mustafoyev, "Uztransgaz" rahbari Normatov va "O‘zbekneftgaz" rahbari Abdullayev ham lavozimidan ozod etilib, ularga vazifasini bajaruvchi lavozimida 3 oy sinov muddati belgilandi.

 

Agar tarmoq korxonalarining ayrim moliyaviy masalalari vaqtida yechib berilganda, daromadlarining bir qismi investitsiya qilinib, tarmoqlarni yangilashga yo‘naltirganda vaziyat bunchalik og‘ir bo‘lmas edi, deb taʼkidlandi yig‘ilishda.

 

Bu masalada ham masʼullar eʼtiborsizlik qilgani tanqid qilindi.

 

Endi butunlay boshqacha tizim bo‘lishi — strategik korxonalar Strategik islohotlar agentligiga o‘tkazilishi belgilandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика