Amerikda birinchi marta surunkali zaiflantiruvchi bilan kasallangan deb gumonlanayotgan ikki kishi aniqlandi. Bu kasallik ilgari kiyiklarda uchrayotgandi.
Ikkala holat ham 2022 yilda qayd etilgan. Jabrlanganlardan biri 72 yoshli ovchi kiyik go‘shtini muntazam ravishda isteʼmol qilgan. Natijada uning ahvoli yomonlashadi: u tajovuzkor bo‘lib, aqldan ozish belgilari kuzatila boshlanadi. Shifokorlarning muolajalariga qaramay, u bir oydan keyin vafot etadi.
Ushbu bemorning tanishlaridan biri ham shunga o‘xshash kasallik bilan og‘rigan. U ham ovchi bo‘lgan va CWD bilan kasallangan kiyik go‘shtini isteʼmol qilgan bo‘lishi mumkin. Bu ikkala ovchining ham CWD qurboni bo‘lgan degan xulosalar chiqarmoqda.
“Zombi virusi”ning davosi yo‘q va uning tarqalishini nazorat qilish qiyin. Bu virus boshqa mamlakatlarda, shu jumladan Rossiya bilan chegaradosh mamlakatlarda ham topilgan.


