1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Zominda ilk dor yo‘li ishga tushirildi

Bu haqda Turizm qo‘mitasi maʼlum qildi.

Zominda ilk dor yo‘li ishga tushirildi

Jizzax viloyatidagi “Zomin” turistik-rekreatsion zonasida hududdagi ilk dor yo‘li foydalanishga topshirildi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.

Bugun “Zomin” turistik-rekreatsion zonasida ilk dor yo‘lining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Loyiha ortidan mahalliy aholi ishlab, daromad topadigan ko‘plab infratuzilmalar, jumladan, umumiy ovqatlanish, transport, suvenirlar, restoranlar, kafelar va boshqa xizmat ko‘rsatish turlari rivojlantiriladi”, - deya taʼkidladi Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev.

“Zomin” TRZ hududida zamonaviy dor yo‘li va ko‘p qavatli avtoturargohlar qurilish ishlari boshlandi. Yer uchastkasining maydoni 2 gektardan iborat bo‘lib, loyihaning qurilish-montaj ishlari qiymati 133,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Zomin tumani Duoba qishlog‘ida barpo etilgan “Dor yo‘li” majmuasining “Zomin” osma dor yo‘li 12 ta minorali 11 dona ustundan tashkil topgan. Xususan, 11-minoraning balandligi 35 metr bo‘lib, 8- va 9-ustunlar orasidagi eng katta masofa 615 metrdan iborat.

Dor yo‘lining eng katta qiyaligi 42 gradusni tashkil etadi. Dor yo‘lining uzunligi 2102 metrdan iborat bo‘lib, mijozlarni tashish uchun zamonaviy dizayndagi 36 ta kabina sayyohlar xizmatiga shay.

Maksimal harakatlanish tezligi esa 6 metr sekundgachani tashkil etadi. Harakatlanish chog‘ida kabinalar orasidagi masofa 141 metr bo‘lib, soatiga 1200 nafar sayyohga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega.

Quyi stansiyaning dengiz sathidan balandligi 1961,1 metr, yuqori stansiyasi esa 2490,6 metr. Stansiyalar o‘rtasida balandlikning farqi esa 529,5 metr.

“Zomin turistik-rekreatsion zonada umumiy qiymati 456 milliard so‘mlik to‘rtta loyihaning ish jarayonlari davom etmoqda. Jumladan, ko‘p qavatli avtoturargoh, zamonaviy restoran, osma ko‘priklar, bitta zamonaviy sog‘lomlashtirish markazi loyihalari amalga oshirilmoqda. Loyihalardan 122,0 mlrd so‘mlik zamonaviy dor yo‘li (kanat) bugun foydalanishga topshirildi”, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика