Kamchatkada kuchli siklon natijasida qor yog‘ishi boshlandi. Shahar okrugi rahbari Yevgeniy Belyayevning so‘zlariga ko‘ra, bir kunda tushgan qor miqdori butun qish bo‘yi yog‘gan qor miqdoridan ko‘proq bo‘ldi.
FVV Kamchatka viloyati bo‘limining maʼlumotlariga ko‘ra, eng ko‘p qor yog‘gan joylardan biri Pionerskiy qishlog‘ida qayd etilgan, bu yerda 12 soat ichida 32 mm qor yog‘gan. Petropavlovsk-Kamchatskda esa 25 mm qor tushgan. Qor yog‘ish bilan birga kuchli shamollar ham kuzatildi.
Mahalliy hokimiyatlar va transport xizmatlari aholiga shaxsiy transportdan foydalanmaslikni iltimos qilishmoqda, chunki bu qorni tozalash ishlariga xalaqit bermoqda.


