
Sent-Luisdagi (AQSH) Vashington universiteti tibbiyot maktabi olimlari koronavirusning hozirda maʼlum boʻlgan barcha mutatsiyalarini zararsizlantiradigan antitanachani topdilar. Tadqiqot universitet rasmiy saytida eʼlon qilingan.
Tadqiqot mualliflari 43 ta namunani oʻrganishib, Petri idishidagi SARS-CoV-2 ning dastlabki varianti bilan zararlanishning oldini olish usullarini tahlil qilishdi. Keyin kemiruvchilarda toʻqqizta eng kuchli zararsizlantiruvchi zarralar sinovdan oʻtkazildi, shundan soʻng eng samaralilari tanlab olindi.
Maʼlum boʻlishicha, SARS2-38 koronavirusning keng tarqalgan variantlari: “alfa”, “beta”, “gamma”, “delta”, “kappa”, “yota”, shuningdek, noyob mutatsiyalariga qarshi kurasha oladi. Olimlarning fikriga koʻra, SARS2-38 virusning oʻzgarmay qolayotgan oqsil qismiga birikadi. Aniqlangan antitanachaning oʻziga xos xususiyatlari orasida past konsentratsiyalarda yuqori neytrallash qobiliyati, shuningdek, infeksiya qoʻzgʻatuvchilarining barcha variantlariga taʼsiri bor.


