1. Бош саҳифа
  2.  / 
  3. Ўзбекистон

Россиядалигида аёли хиёнат қилган эркак Ўзбекистонга қайтгач қотилга айланди

Сурхондарёлик эркак хотини ва қайнонаси қотилига айланган воқеа тафсилотлари очиқланди

Россиядалигида аёли хиёнат қилган эркак Ўзбекистонга қайтгач  қотилга айланди

 

Voqea tafsilotiga ko‘ra, Sariosiyo tumani “Toqchiyon” mahallasida ro‘yxatda turgan, ammo Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi S.N. Rossiyaga ishlashga ketib, turmush o‘rtog‘i Z.M. unga xiyonat qilib kelganini bilib qolgan. 2022 yilning yanvar oyida u O‘zbekistonga qaytib kelgan. Kelishi bilan voyaga yetmagan 3 nafar farzandini o‘zi bilan olib qolib, turmush o‘rtog‘ini u bilan ajrashish maqsadida, uydan chiqarib yuboradi.

 

Shundan so‘ng, er-xotin o‘rtasida farzandlar kimda qolish-qolmasligi ustidan tortishuv boshlanadi. S.N. sobiq xotining akasiga Z.M. uni tinch qo‘yishi lozimligini, farzandlarini olish uchun sudga ariza bermasligini, agar ariza bergan taqdirda uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

 

Z.M. sud orqali farzandlarini o‘ziga olish uchun daʼvo ariza yozib, taqdim qilish choralarini ko‘rayotganini bilib, undan o‘ch olish maqsadida reja tuzgan.

 

Xabarda aytilishicha, S.N. rejasini amalga oshirish uchun turmush o‘rtog‘i Z.M.ga o‘g‘li Axtamni (ism sharif shartli ravishda o‘zgartirildi) ko‘rsatish uchun olib borishini, u bilan yarashmoqchi ekanini aytib, o‘zining Nexia-3 rusumli transport vositasida turmush o‘rtog‘i Z.M.ning onasi X.X. bilan yashab kelayotgan Sho‘rchi tumani “Yakkabog‘” mahallasidagi yashash uyiga boradi.

 

O‘g‘lini qaynonasi X.X. va turmush o‘rtog‘i Z.M. bilan uchrashtiradi. Va uydan chiqib, O‘g‘lini avtomashina ichiga qo‘yib, qaynonasi va xotinini uxlashini kutib, o‘ziga qulay vaqt paydo bo‘lganidan so‘ng, yashash uyiga kirib, ayvonda uxlab yotgan qaynonasi X.X.ni va xotini Z.M.ni bo‘yin qismiga o‘tkir kesib-sanchuvchi jism bilan tan jarohati yetkazadi. Ular ko‘p qon yo‘qotish natijasida voqea joyida vafot etadi.

 

Категориялар

Боғланиш учун

+998 (71) 207-21-28

Электрон манзил:

info@zamon.uz

Шаҳодатнома

№1346 Берилган сана: 28.05.2020

Асосчиси

ООО Master Media Production and Broadcast

Таҳририят манзили

Tошкент ш., Амир Темур шоҳ кўчаси, 53 уй

Яндекс.Метрика