1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

5 oy avval ishdan olingan rais bosh muhandis bo‘ldi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» tizimida tayinlovlar amalga oshirildi.

5 oy avval ishdan olingan rais bosh muhandis bo‘ldi

 

Besh oy avval «faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun» ishdan olingan «O‘zbekiston temir yo‘llari» sobiq raisi Husnutdin Xosilov yana sohaga qaytdi. U kompaniyaning bosh muhandisi etib tayinlandi.

 

Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq:

 

Narzullayev Zufar G‘iyasovich – «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisi lavozimiga;

Raxmetov Xikmatulla Narzullayevich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining transformatsiya, raqamlashtirish va moliya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga;

Xasilov Xusnutdin Nuriddinovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi lavozimiga;

Kamildjanov Abdumalik Abduvaxitovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining tashishlar va logistika bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga;

Rizayev Elyor Abdumalikovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining temir yo‘l obyektlarini taʼmirlash va qurish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlariga tasdiqlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика