1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

AQSHdagi universitetda sodir bo‘lgan otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

Braun universitetida sodir bo‘lgan otishmada ikki kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi yaralangan.

AQSHdagi universitetda sodir bo‘lgan otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

AQSHning Rod-Aylend shtatida joylashgan Braun universitetida yuz bergan otishma oqibatida O‘zbekiston fuqarosi, talaba Muhammadaziz Umurzoqov halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Axror Burxonov ma’lum qildi.

 

"Marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Mazkur fojia begunoh insonlar hayotiga zomin bo‘lgani bilan barchani chuqur qayg‘uga soldi"- deydi u.

 

Tashqi ishlar vazirligi vakilining ta’kidlashicha, O‘zbekistonning AQSHdagi diplomatik vakolatxonalari marhumning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, AQSHning tegishli idoralari bilan hamkorlikda barcha zarur masalalar yuzasidan yaqindan ish olib bormoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, otishma 13-dekabr kuni Braun universitetining Muhandislik va fizika fakulteti joylashgan yetti qavatli Barus + Holley binosida sodir bo‘lgan. Imtihonlar vaqtida qora kiyimdagi noma’lum shaxs universitet hududiga hujum qilgan. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, sakkiz nafar fuqaro jarohat olgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика