1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonovda doping aniqlandi

Shu sababli bokschi vaqtincha musobaqalardan chetlashtirildi.

Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonovda doping aniqlandi

Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Lazizbek Mullajonovdan olingan doping namunasi tarkibida taqiqlangan modda aniqlangani ma’lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda Xalqaro test agentligi.

 

Yozilishicha, 2025-yil 11-iyun kuni Mullajonovdan olingan namunada metasteron metabolitlari aniqlangan. Bu modda Jahon antidoping agentligi tomonidan taqiqlangan gormon toifasiga kiritilgan. U sun’iy yo‘l bilan tayyorlanadigan gormon bo‘lib, mushak massasini oshirish, kuch va chidamlilikni ko‘paytirish xususiyatiga ega.

 

Ushbu holat yuzasidan sportchi agentlik tomonidan ogohlantirilgan. Sportchining “B namunasi”ni tahlilga topshirish huquqi mavjud. Agar “B namunasi” ham ijobiy natijani tasdiqlasa yoki sportchi tekshiruvdan bosh tortsa, holat antidoping qoidalarini buzish sifatida baholanadi va unga nisbatan musobaqalardan chetlashtirish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

 

Ma’lumot uchun, Mullajonov og‘ir vazn toifasida (+92 kg) ringga chiqadi. U Osiyo o‘yinlari va Parij Olimpiadasi chempioni bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика