1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tog‘ cho‘qqisida 11 kun qolib ketgan alpinistning tirikligiga umid qolmadi

Uni qutqarishga urinish uchinchi bor muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Tog‘ cho‘qqisida 11 kun qolib ketgan alpinistning tirikligiga umid qolmadi

 

Rossiyalik alpinist Natalya Nagovitsyna Qirg‘izistonda dengiz sathidan 7150 metr balandlikdagi “Pobeda” cho‘qqisida qolib ketganiga 10 kundan oshdi. Sportchi cho‘qqidan pastga tushmoqchi bo‘lganida oyog‘ini sindirib olgan.

23 avgust kuni ob-havo sharoiti keskin yomonlashgani sababli qutqaruv ishlari butunlay to‘xtatildi, deb xabar berdi Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Shu bilan sportchini evakuatsiya qilishga urinish uchinchi bor muvaffaqiyatsiz tugadi. Qirg‘iziston va Buryatiyadan kelgan alpinist qutqaruvchilar guruhi guruh rahbarining ahvoli yomonlashgani sababli cho‘qqiga ko‘tarilishdan orqaga qaytishga majbur bo‘ldi.

“Qutqaruv guruhi vertolyotda janubiy Enilchek bazasiga 4050 metr balandlikda yetkazildi, belidan jarohat olgan qutqaruv guruhi rahbari esa Karkira lageriga joylashtirildi”, — deyiladi Vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика