1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida bog‘chalarda zaharlangan bolalar bo‘yicha raqamlar ochiqlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri bolalar zaharlangani aytilgan tumanlardagi bog‘chalarda bo‘ldi.

Toshkent viloyatida bog‘chalarda zaharlangan bolalar bo‘yicha raqamlar ochiqlandi

Vazir boshchiligidagi masʼullar Toshkent viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yuzaga kelgan holatni oʻrgandi.

 

Avvalroq Piskent va Boʻka tumanlaridagi ayrim maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qayd etilgan holat yuzasidan vazirlik tomonidan dastlabki munosabat bildirilgandi.

 

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, vazir oʻrinbosari Azizbek Turdiyev hamda masʼullar Quyi Chirchiq, Oqqoʻrgʻon, Piskent va Boʻka tumanlarida boʻlib, vaziyatni joyiga chiqib oʻrgandi.

 

Tegishli tashkilotlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mahalliy hokimlik vakillari bilan hamkorlikda bogʻchalardagi sharoitlar, oshxonalar holati koʻzdan kechirildi. Rahbarlar va tarbiyachilar bilan muloqot oʻtkazildi.

 

Ayni paytda Quyi Chirchiq tumanida 12 nafar, Oqqoʻrgʻon tumanida 97 nafar bola shifokorlar nazoratida boʻlib, ularning salomatligi barqaror. Shuningdek, Piskent va Boʻka tumanlaridagi tarbiyalanuvchilar ham bosqichma-bosqich tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda. Shu kungacha bolalar sogʻligʻiga jiddiy xavf tugʻdiradigan holatlar aniqlanmadi.

 

Mazkur vaziyat huquq-tartibot organlari nazoratiga olingan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика