O‘zbekiston va Xorvatiya Interpol Milliy markaziy byurolarining muvofiqlashtirilgan harakatlari natijasida, firibgarlik jinoyati bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Zagrebdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ekstraditsiya jarayoni Zagrebdagi Milliy markaziy byuro bilan yaqindan hamkorlik va faol muloqot hamda O‘zbekiston Respublikasining Vengriyadagi konsulligining har tomonlama ko‘magi hisobiga muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
O‘tkazilgan tadbirlar xalqaro politsiya hamkorligining samaradorligini, shuningdek, sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyiliga sodiqlikni tasdiqlaydi.
Maʼlum qilinishicha, ekstraditsiya jarayoni taraflarning yuqori darajadagi hamkorligi orqali amalga oshirilgan.
Avvalroq, firibgarlik jinoyati bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Zagrebdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingani xabar qilingan edi.


