Avvalroq O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi Yoaxim Lyovni Milliy terma jamoa rahbarligiga taklif qilib, muzokara o‘tkazayotgani xabar qilingandi.
Mashhur Bild nashriga ko‘ra, Yoaxim Lyov O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi vakillari bilan Berlindagi O‘zbekiston elchixonasi yordamida onlayn muzokara o‘tkazgan. Lyov bu taklif ustida bir necha kun jiddiy o‘ylagan va yakunda rad javobini bergan.
Eslatib o‘tamiz, 65 yoshli mutaxassis 2014 yil Germaniya terma jamoasini Jahon chempioni qilgan va o‘sha yili FIFA tomonidan dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. Lyov 2021 yilning mart oyida Germaniya terma jamoasi boshqaruvidan ketgan va o‘shandan beri hech qayerda ishlamagan.


