1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“PSJ” Ikardini Agueroga almashtirmoqchi

Parijliklar “Barselona” hujumchisi Serxio Aguero bilan shartnoma imzolash niyatida ekanini maʼlum qildi.

“PSJ” Ikardini Agueroga almashtirmoqchi

 

Xabarlarga ko‘ra, parijliklar italiyalik hujumchi Mauro Ikardini argentinalik futbolchiga almashtirishga tayyor. Klub argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan Agueroni bir jamoada ko‘rishni xohlamoqda.

 

Bundan avval matbuotda Aguero BarselonagaManchester Siti”dan Messi bilan bir jamoada o‘ynash uchun ko‘chib o‘tgani va do‘sti Parij klubiga ketganidan so‘ng “Barselona” dan  ko‘ngli qolganini aytgani haqida xabarlar tarqalgandi. Qayd etilishicha, Ikardi hali Messi bilan munosabatlarni yaxshilay olmagan.

 

Serxio Aguero 17 oktyabr kuni Ispaniya chempionati doirasida “Valensiya”ga qarshi 9-tur uchrashuvidaBarselona” tarkibida debyutini o‘tkazdi. Ikardi esa joriy mavsumda Fransiya chempionatida 11 ta o‘yinda qatnashdi va 3 ta gol urdi.

 

Avvalroq “PSJ” “Fiorentina” dan Mbappega o‘rinbosar topgani va La Liganing ikki klubi bosh murabbiysiz qolgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика