1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

1 apreldan naqd pulga uy-joy va avtomobil oldi-sotdisi qilish bekor qilinadi

Yirik kelishuvlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lovlar orqali amalga oshiriladi.

1 apreldan naqd pulga uy-joy va avtomobil oldi-sotdisi qilish bekor qilinadi

 


Kelasi yilning 1 aprelidan boshlab yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish va naqd pulsiz hisob-kitoblarni 75 foizga yetkazish maqsadida yirik moliyaviy bitimlarda naqd puldan foydalanish to‘liq bekor qilinadi. Unga ko‘ra, ko‘chmas mulk obyekti, ishlab chiqarilganiga 10 yil bo‘lmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transport vositalari hamda maxsus texnikani sotib olish yoki sotish faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi uchun to‘lovlar, AYOQShlarda yoqilg‘i xaridi, elektr transportlarni quvvatlantirish xizmatlari, davlat organlari ko‘rsatadigan xizmatlar, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari uchun to‘lovlar ham naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi belgilandi.

 

Qolaversa, qiymati 25 million so‘mdan yuqori bo‘lgan barcha tovar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali qabul qilinadi. Bu o‘zgarishlar iqtisodiyotni raqamlashtirish va pul oqimlarining shaffofligini oshirishga qaratilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика