1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

1-dekabrdan Ai-80 benzini savdosi to‘xtatiladi

Toshkent havosini yaxshilash bo‘yicha Prezident qarorida ekologiyani nazorat qilish va shahardagi harakatlanishni tartibga solish choralariga alohida e’tibor qaratildi.

1-dekabrdan Ai-80 benzini savdosi to‘xtatiladi

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tasdiqlangan yangi dasturga ko‘ra, 1-dekabrdan boshlab mamlakatdagi avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Аi-80 benzini savdosi to‘xtatiladi. Ushbu choralar aholiga sifatli hamda ekologik toza yoqilg‘i yetkazib berishni ta’minlash uchun joriy etilmoqda. Qarorda benzinni nazoratsiz sotishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat’iy talablar belgilangan.

 

Shuningdek, ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida bir qator qo‘shimcha tadbirlar rejalashtirilgan. Jumladan, Toshkent va uning atrofidagi issiqxonalar uchun barqaror tabiiy gaz ta’minotini yo‘lga qo‘yish, tiqilinch paytlarda yuk avtomobillari harakatini cheklash, qurilish maydonlarida monitoring stansiyalari va onlayn kamera tizimlarini o‘rnatish belgilangan.

 

Bundan tashqari, “Toshkent shahar o‘rmon xo‘jaligi” tashkil etiladi, daraxt va butalarni kesish haqida qaror chiqarish jarayoni esa kollegial ovoz berish orqali amalga oshiriladi. Binolarni loyihalashda shamol yo‘nalishi va tezligini hisobga olish talabi joriy etiladi. Shuningdek, yangi normativ hujjat asosida respublikada 18 ta dendrologiya bog‘i va 15 ta botanika bog‘ini tashkil etish rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика