1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oshiriladi

Bu bo'yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oshiriladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 17 noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi 196-sonli farmoniga ko‘ra, joriy yil 1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshirilmoqda, ya’ni:

 

- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming so‘m;

- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming so‘m;

- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 mln 50 ming so‘m etib belgilanmoqda.

 

Prezidentning farmoni natijasida 4,5 mln kishining pensiyasi va nafaqalari miqdori ko‘payadi va barcha byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari dekabrdan boshlab 7% ga oshgan holda hisoblanadi.

 

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bazaviy hisoblash miqdori 1 dekabrdan 3% miqdorda (7% emas!) o‘zgarib, 340 ming so‘m etib belgilanmoqda. Umuman olganda yil davomida ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar jami 14,5% ga oshgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdori esa bundan kamroq, ya’ni 13% ni tashkil etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика