1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

1-fevraldan “A” va “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish tartibi o‘zgardi

Endi nazariy tayyorgarlikni onlayn yoki oflayn kurslar orqali, shuningdek mustaqil ravishda o‘rganishga ruxsat beriladi.

1-fevraldan “A” va “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish tartibi o‘zgardi

 

 

2026-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekistonda “A” va “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish tartibida bir qator muhim o‘zgarishlar kuchga kirdi. Endilikda haydovchilikka nomzodlar nazariy bilimlarni avtoo‘quv markaziga bormasdan ham o‘zlashtirishi mumkin. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti ma'lum qildi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, nazariy tayyorgarlikni onlayn yoki oflayn kurslar orqali, shuningdek mustaqil ravishda o‘rganishga ruxsat beriladi. Biroq amaliy mashg‘ulotlar — ya’ni rul boshqarish darslari majburiyligicha qoladi va ular davlat yoki xususiy avtoo‘quv markazlarida to‘liq o‘tilishi shart.

 

Amaliy mashg‘ulotlar yakunlangach, haydovchilikka nomzodlar nazariy va amaliy imtihonlarni topshiradi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxslargagina haydovchilik guvohnomasi beriladi.

 

Shuningdek, amaliyotni tugatganlik haqidagi ma’lumotnoma endi qog‘oz shaklida emas, elektron tarzda rasmiylashtiriladi. Bundan tashqari, “A” va “B” toifalar bo‘yicha haydovchilarni tayyorlash o‘quv guruhlarini Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida ro‘yxatga olish talabi ham bekor qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика