1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

1-iyuldan boshlab Toshkent–Tel-Aviv reyslari qayta tiklanadi

Shuningdek, Eron havo hududidan foydalanishdagi cheklovlar tufayli joriy qilingan Toshkent–Dubay va Toshkent–Sharm al-Shayx yo‘nalishlaridagi o’zgatirishlar ham o’z o’rniga qaytariladi.

1-iyuldan boshlab Toshkent–Tel-Aviv reyslari qayta tiklanadi

Uzbekistan Airways 2025-yil 1-iyuldan boshlab Toshkent — Tel-Aviv — Toshkent yo‘nalishidagi parvozlarni yana odatdagi jadval asosida amalga oshirishini ma’lum qildi.

 

Avvalroq,16-iyundan 30-iyungacha bo‘lgan davrda mazkur yo‘nalishdagi reyslar Tel-Avivdagi Ben-Gurion xalqaro aeroportining yopilishi sababli vaqtincha to‘xtatilgan edi.

 

Shuningdek, Eron havo hududidan foydalanishdagi cheklovlar tufayli iyun oyining oxirigacha Toshkent–Dubay va Toshkent–Sharm al-Shayx yo‘nalishlarida ham vaqtinchalik o‘zgarishlar joriy etilgandi.

 

Aviakompaniya yo‘lovchilarga o‘z vaqtida va xavfsiz parvozlarni ta’minlash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика