2022-yil 1-iyundan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 12 foizga oshiriladi. Bu bo‘yicha Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2022-yil 1-iyundan boshlab:
➖ mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori - 920 ming so‘m miqdorida (hozir 822 ming so‘m);
➖ bazaviy hisoblash miqdori - 300 ming so‘m miqdorida (hozir 270 ming so‘m) belgilandi.
Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Ish beruvchilarga ish haqi miqdorini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan holda to‘lashni ta’minlab, ish haqi miqdorini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga muvofiq oshirish tavsiya etilgan.


