1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

1 maydan xalqaro savdo maydonchalarida xaridlar kamayadi

Qonun shaxsiy ehtiyojlar va tijorat maqsadida tovar olib kiruvchilarga qaratilgan.

1 maydan xalqaro savdo maydonchalarida xaridlar kamayadi

Vazirlar Mahkamasining 244-sonli qaroriga ko‘ra, 1- maydan boshlab Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali bojsiz olib kirish normasi oyiga 200$ bo‘ladi, oldin bu chorakda 1000 $ edi.

 

Bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari Husan Tangriyev yangi tartib haqida tushuntirish berdi.

 

“Bu ichki bozorda shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan qadam hisoblanadi. Bu o‘zgarishlar faqat shaxsiy ehtiyojlar uchun tovarlar olib kiruvchilarga emas, balki tijorat maqsadida faoliyat yurituvchilarga ham taʼsir qiladi.

 

Turkiya va Janubiy Koreya kabi davlatlarda shunday tartiblar elektron savdoning rivojlanishiga va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirishga olib kelgan”, - dedi Bojxona qo‘mitasi matbuot xodimi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика