1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

1 oktabrdan moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma majburiy bo‘ladi

Transport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularga “A” toifadagi guvohnoma beriladi.

1 oktabrdan moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma majburiy bo‘ladi

Ichki ishlar vazirligi YHXB boshqarmasiga ko'ra, 2025-yil 1-oktabrdan boshlab moped va skuterlarni boshqarish faqat ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan va “A” toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslargagina ruxsat etiladi.

 

Mazkur qoida dvigatelining ishchi hajmi 25 sm³ dan 50 sm³ gacha bo‘lgan, shuningdek, elektr dvigatelining quvvati 0,25 kVt dan 4 kVt gacha bo‘lgan va konstruktiv tezligi 25–50 km/soatni tashkil etuvchi transport vositalariga taalluqlidir.

 

Avvalroq, moped va skuter haydovchilariga 2025-yil 1-martga qadar “A” toifadagi guvohnoma olish, 30-sentyabrgacha esa transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish zarurligi haqida ma’lum qilingan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика