Adliya vazirligining maʼlum qilishicha, ushbu holat yuzasidan vazirlik tomonidan o‘rganish olib borilgan. O‘rganish davomida kontrafakt sumkalarni tarqatgan Baliqchi tumanida faoliyat yurituvchi “H.P.O.” xususiy korxonasiga nisbatan MJtKning 177-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan.
Sud qaroriga muvofiq huquqbuzarga BHMning 15 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Shuningdek, Adliya vazirligining tegishli taqdimnomasiga asosan 3974 ta kontrafakt o‘quvchilar sumkalari o‘quvchlardan qaytarib olinib, sifatli o‘quvchilar sumkalariga almashtirib berilgan.


