2023-yil 1-yanvardan yoshga doir, nogironlik pensiyasi hamda yetim bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobariga oshirildi. Yaʼni pensiyani hisob-kitob qilish uchun inobatga olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 3 240 000 so‘mdan 3 888 000 so‘mga oshirilmoqda.
Soddaroq aytganda, oylik maoshi 3 240 000 so‘mdan 3 888 000 so‘mgacha oraliqdagi pensionerlarning pensiyasi oshiriladi. Yangi tartibda 371 ming pensioner yangi miqdorda pensiya oladi.
Buning uchun ariza yozish kerakmas, avtomat hisob-kitob qilinadi. Bu yangi tartib nafaqat 1 yanvardan keyin pensiyaga chiquvchilar, balki undan oldin tayinlangan pensiyalar uchun ham taalluqli bo‘ladi.


