1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

1-yanvardan QR-kodsiz ishlagan YTT va o‘zini o‘zi band qilganlarga jarima qo‘llanadi

Elektron to‘lovlar uchun maxsus QR-kod talabini buzganlar 5 million so‘mgacha jarimaga tortiladi.

1-yanvardan QR-kodsiz ishlagan YTT va o‘zini o‘zi band qilganlarga jarima qo‘llanadi

 


O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun majburiy ravishda maxsus QR-kodga ega bo‘lishi shart. Ushbu QR-kod to‘lov tashkilotlarining raqamli platformalari orqali shakllantiriladi.

 

Belgilangan tartibda QR-kodga ega bo‘lmaslik nazorat-kassa texnikasi yoki hisob-kitob terminallaridan foydalanmaslik bilan tenglashtiriladi. Bu esa qonunbuzarlik sifatida baholanadi.

 

Yangi talabni bajarmagan shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 221-moddasi asosida 5 million so‘m miqdorida jarima belgilangan.

 

Shuningdek, boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirilgan QR-koddan foydalanish yanada og‘irroq huquqbuzarlik hisoblanadi va buning uchun 20 million so‘m jarima qo‘llanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика