Misr va Suriya bir necha yillik tanaffusdan so‘ng, diplomatik munosabatlarni to‘liq tiklash bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshladi. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Jurnalistlarga ko‘ra, Misr va Suriya prezidentlari Abdul-Fattoh as-Sisiy va Bashar Asad shu oyda uchrashishi mumkin.
Uchrashuv Ramazon oyidan keyinga mo‘ljallangan.
Kecha Suriya Tashqi ishlar vaziri Faysal Mikdod Qohirada misrlik hamkasbi Sameh Shukri bilan uchrashdi. Bu Suriya tashqi ishlar vazirining 2011 yildan beri Misrga ilk tashrifi bo‘ldi.


