Joriy yilning 31 yanvar kuni Yangihayot tumanida zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgandi.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v,z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Qo‘shimcha maʼlumot: gumonlanuvchi shaxs marhumaning xonadonida 2022 yilning yoz oyilarida yollanma ishchi sifatida taʼmirlash ishlarini amalga oshirgan.
Bosh prokuratura mazkur ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan maʼlumotlar va boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligini maʼlum qilgandi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov mazkur ish yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berdi. Uning maʼlum qilishicha, Yangihayot tumanida sodir etilgan 12 yoshli qizning qotilligi bilan bog‘liq jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi.


