1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

14 yoshli muxlis to‘qnashuvda vafot etdi

Kecha oqshom Fransiyada mundial sabab kelishmovchiliklar yuz berdi.

14 yoshli muxlis to‘qnashuvda vafot etdi

 

Fransiya terma jamoasi JCH-2022 1/2 finali doirasidagi o‘yinda Marokash terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba evaziga Dide Desham shogirdlari jahon chempionatining hal qiluvchi bahsiga yo‘l olishdi.

 

“RMC Sport” nashrining xabariga ko‘ra, Monpeleda 14 yoshli bolakay muxlislar o‘rtasidagi mojaro tufayli vafot etgan. Avvalroq Fransiyaning ushbu shahrida fransuzlar va etnik marokashliklar o‘rtasida katta to‘qnashuvlar ro‘y berayotgani xabar qilingandi.

 

Nomaʼlum shaxslar mahalliy muxlislar bo‘lgan mashinaga yaqinlashib, oynadan chiqib turgan milliy terma jamoa bayrog‘ini yirtib tashlagan. Haydovchi esa to‘satdan, 14 yoshli bolani urib yuborgan. Olingan jarohatlardan keyin o‘smir vafot etgan.

 

JCH-2022 final uchrashuvida Fransiya va Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi. Uchrashuv 18 dekabr kuni Lusail shahridagi “Lusail Iconic Stadium”da bo‘lib o‘tadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика