1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

15 tonna shag‘al toshlarini yashirincha olib ketayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

15 tonna shag‘al toshlarini yashirincha olib ketayotgan shaxslar qo‘lga olindi

 

 

Unda “Transyo‘lqurilish” DUK haydovchisi, 33 yoshli I.D. boshqaruvida bo‘lgan “HYUNDAI YD270” yuk avtomashinasi Qo‘ng‘irot lokomativ deposi avto turargohi orqa tomonidagi ochiq maydondan shag‘al (sheben) toshlarini yuklab chiqqan vaqtida to‘xtatilgan.

 

Surishtiruv ishlari davomida ushbu shag‘al toshlari Qo‘ng‘irot tumani, A.Temur ko‘chasida yashovchi O.I.ning yashash xonadoniga olib ketilayotgani aniqlandi. Shag‘al toshlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli 14-sonli ko‘prik qurilish trestiga tegishli bo‘lib, u yerda ishlovchi, A.A. fuqaro O.I. bilan oldindan o‘zaro kelishib, hech qanday hujjatlarsiz 15 tonna shag‘al toshlarini 2 million so‘mga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика