1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

16 ming AQSH dollarini bukmekkerlik saytida yutqazib yuborgan firibgar

2021 yil may oyining oxirlarida 26 yoshli S.Feruz 28 yoshli tanishi X.Sherzodning ishonchiga kirib, unga salqin ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanish va foyda ko‘rishlikni taklif qilib, jami16 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritganidan so‘ng, ushbu pullarni “1xbet” bukmekkerlik saytida mavjud o‘yinlarga tikib, yutqazib qo‘yganligi hamda bugungi kunga qadar X.Sherzodning pullarini qaytarib bermasdan, aldab kelayotganligini aniqlangan.

16 ming AQSH dollarini bukmekkerlik saytida yutqazib yuborgan firibgar

Bu haqda  O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qildi.

Bundan tashqari, S.Feruz joriy yilning may oyida tanishi T.Jamshidga tegishli “Damas” rusumli avtomashinani pullarini bo‘lib to‘lab berish sharti bilan 9 000 AQSH dollariga xarid qilib, avtomashinani biroz muddat boshqarib, 2021 yilning iyul oyi boshida, boshqa shaxsga avtomashina o‘ziga tegishli ekanligiga ishontirib, 6 200 AQSH dollariga sotib, pullarini o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan S.Feruzga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov ishlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика