1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

18 yosh “rulga o‘tirish” uchun erta. Haydovchilik guvohnomasi berish yoshini uzaytirish kerak!

Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, 2021 yilning dastlabki 4 oyida 2 242 ta YTH holati qayd etilgan. 557 nafar kishi halok bo‘lgan. O‘lim holatlariga oid raqamlarning o‘sishi halokatli avariyalarning kamayishiga afsuski taʼsir ko‘rsata olmayapti. Aksincha, kundan-kunga ularning soni ortib, oqibatlari jiddiylashib bormoqda.

18 yosh “rulga o‘tirish” uchun erta. Haydovchilik guvohnomasi berish yoshini uzaytirish kerak!

 

 

Bunga  joriy yilning  5 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisani misol keltirish mumkin.  Avariya sodir etgan shaxs 19 yoshli haydovchi S. J.


IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Bahrom Nazarov bergan maʼlumotlarga ko‘ra, haydovchi boshqaruvida bo‘lgan “Nexia” avtomobili  nazoratni yo‘qotib, 15 metr chuqurlikdagi jarlikka qulab tushgan. Voqea 13:30 atrofida, M39 Olmaota-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Dehqonobod tumanidan o‘tuvchi 1283-kilometrida sodir bo‘lgan.

 

 

Mutasaddining qo‘shimcha qilishicha, YTH sodir bo‘lgan payt haydovchi mashinada yolg‘iz bo‘lgan.

 

“Haydovchi bilan suhbatlashganimizda,  u tog‘asinikiga ketayotgan vaqti tobi qochib, boshqaruvni yo‘qotganini va oqibatda avtohalokat sodir bo‘lganini aytdi. Shunga qaramasdan, haydovchini shifokor ko‘rigidan o‘tkazganimizda, hushyor holatda bo‘lgani va hech qanday spirtli ichimlik isteʼmol qilmagani maʼlum bo‘ldi”, — deydi Bahrom Nazarov.

 

Yosh haydovchi  J.S.ning tajribasizligi fojea yoki bir umrlik tuzatib bo‘lmas xatoga sabab bo‘lishi mumkin edi. Hayriyatki, avariya holatining jiddiyligiga qaramay, haydovchiga zarar yetmagan.

 

 

Avvalroq Qashqadaryo viloyatida 20 yoshli haydovchining ehtiyotsizligi natijasida 1 yoshli go‘dakning o‘limi qayd etilgani haqida ham xabar bergan edik.

 

Mavzuni o‘rganish davomida kuzatuvlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, YTHlarining aksariyati aynan yosh va malakasiz haydovchilar bilan bog‘liq. Xorijiy mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, endigina “rulga o‘tirgan” haydovchilar kamida 4 yillik tajribaga ega kishilarga qaraganda 1,6 marta ko‘proq YTHga uchraydilar.

 

Amaldagi tartibga ko‘ra mamlakatimizda 18 yoshdan haydovchilik guvohnomasi beriladi. Aynan shu yoshdagilar yo‘llarda “drift” usulidan foydalanishga, turli qoidabuzarliklarga ham o‘ch bo‘lishi bor gap. Shularni inobatga olgan holda, balki guvohnoma berish yoshini biroz uzaytirish kerakdir?!  Munozara uchun tanlangan mavzuga yana qaytamiz...

 

 

Maftuna Rejabboyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика