1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

180 millionlik tamaki mahsulotlari noqonuniy aylanmasining oldi olindi

Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi maʼlum qildi.

180 millionlik tamaki mahsulotlari noqonuniy aylanmasining oldi olindi

 

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi maʼlum qilishicha, qo‘shni davlatdan O‘zbekiston Respublikasiga o‘tish uchun “Bekobod” temir yo‘l chegara bojxona postiga kirib kelgan poyezd yuk vagon tarkibi bojxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

 

 

Bojxona nazorati davomida vagonlardan birining ichki qismida nomaʼlum politelin qoplar borligi aniqlandi. Aniqlangan qoplar ichida 12 karton qutida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan aksiz markasi bilan markalanmagan hamda raqamli markirovka kodlari bo‘lmagan umumiy qiymati 180 million so‘mlik jami 6000 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика