1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

20-dekabr kuni o‘zbek olimlari bir joyga yig‘iladi

“Turkiston” sanʼat saroyida “Yil olimi – 2025” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

20-dekabr kuni o‘zbek olimlari bir joyga yig‘iladi

Joriy yilning 20 dekabr kuni Toshkent shahridagi “Turkiston” sanʼat saroyida mamlakat ilm-fan jamoatchiligi uchun eng kutilgan va eng tantanali voqea – “SCIENCE AND INNOVATION AWARDS – 2025” tadbiri bo‘lib o‘tadi. Har yili anʼanaviy tarzda o‘tkaziladigan ushbu nufuzli marosim bu yil to‘rtinchi marotaba o‘tkazilmoqda. 

 

Tadbir “SCIENCE AND INNOVATION” kompaniyasi tomonidan tashkil qilinadi. Bu yilgi taqdirlash marosimida O‘zbekistonda ilm-fan, taʼlim va innovatsiyalar rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan olimlar, oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar o‘rtasida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi: 

 

1. “Yil olimi – 2025” – Ilm-fan taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan, yirik ilmiy natijalarga erishgan yetuk olimga taqdim etiladi. 

 

2. “Yilning eng yaxshi oliy taʼlim muassasasi” – Ilmiy faoliyat, innovatsion o‘qitish va xalqaro reytinglarda yuqori natijalarga erishgan davlat oliy taʼlim muassasasiga beriladi. 

 

3. “Yilning eng yaxshi nodavlat oliy taʼlim muassasasi” – Taʼlim sifati, ilmiy izlanishlar va amaliyotga yo‘naltirilgan faoliyati bilan ajralib turgan nodavlat oliy taʼlim muassasasiga topshiriladi.

 

4. “Yilning eng yaxshi ilmiy tadqiqot instituti” – Fundamental va amaliy tadqiqotlarda yuqori natijalar ko‘rsatgan, innovatsion ishlanmalar muallifi bo‘lgan ilmiy tashkilotga beriladi. 

 

5. “Yilning eng innovatsion universiteti” – Raqamli texnologiyalar, startaplar va innovatsion taʼlim loyihalarini joriy etishda ilg‘or yutuqlarga erishgan universitetga taqdim etiladi. 

 

Mazkur marosimda O‘zbekiston fanining nufuzli vakillari — akademiklar, professor olimlar, shuningdek, xorijiy mehmonlar va iqtidorli yosh tadqiqotchilar qatnashadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика